US Open. Jokovich finalda yutqazdi va tarixiy natijadan mahrum bo‘ldi

  • 13 sentabr, 2021, 14:07
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha Amerika ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Novak Jokovich hamda Daniil Medvedev o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi.

Kutilmaganda, bahs rossiyalik Medvedevning 3 setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jahonning birinchi raqam ostida saralangan sportchisi Jokovich 4:6, 4:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, serbiyalik raketka ustasi bir yilda 4 ta "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir g‘oliiga aylangan tennischi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Medvedev esa, o‘zining "Ulkan toj" turnirlaridagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi va bu mavsum "Australian Open" finali uchun Jokovichdan revansh oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!