Usik Chisorani mag‘lub etdi

  • 1 noyabr, 2020, 16:28
  • 0
  • Boks

Londondagi "Wembley Arena"da boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Aleksandr Usik (17-0, 13 KO) va Derek Chisora (32-9, 23 KO) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. To‘liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan ukrainalik bokschining g‘alabasiga qaror qabul qilishdi (117-112, 115-113, 115-113).

Ushbu turnirda Li Selbi (28-3, 9 KO) va Jorju Kambososu (19-0, 10 KO) o‘zaro to‘qnash keldi va ochkolar hisobiga ko‘ra, Selbi zafar quchdi (110-118, 115-113, 112-116).

Asosiy janglarning yana birida Tommi Makkarti (17-2, 8 KO) 114-114, 116-112, 116-113 hisobi bilan Bilal Laggun (25-2-2, 14 KO) ustidan g‘alaba qozonib, og‘ir vazn toifasida Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!