Usmonali Ismonaliev: "Xudoga shukr, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik!"

  • 7 aprel, 2023, 20:36
  • 0
  • Futbol

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Buxoro"ga qarshi o‘yinda "Bunyodkor" 0:2 hisobida safardagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek Baqoev jamoasining mag‘lub etilishida o‘z hissasini qo‘shgan "qaldirg‘ochlar" vakili Usmonali Ismonaliev bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalombor, assalomu alaykum hammaga! Ko‘rib turganingizdek, o‘yin qiyin bo‘ldi. "Buxoro" ham kuchli jamoa ekanini ko‘rsatib berdi. 

Shunga qaramay, Xudoga shukr, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Muhimi kerakli natijani qo‘lga kiritganimiz, albatta!", - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Usmonali "Bunyodkor"ning ilk goliga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!