Verratti yana Evropaga qaytmoqchi. U o‘z xizmatlarini grand klubga taklif qildi

Qatarning "Al-Arabi" klubi yarim himoyachisi Marko Verratti Evropaga qaytishni istamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

O‘tgan yilning sentyabrida italiyalik futbolchi jamoaning yangi ustozi Luis Enrikening rejalariga to‘g‘ri kelmagani uchun klubdan ketgan va Qatar jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Hozirda 31 yoshli futbolchi yana Evropaga qaytish haqida o‘ylamoqda. Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi "Barselona"ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. O‘z navbatida Kataloniya grandi ham ayni damda yarim himoyachi pozitsiyasida tajribali futbolchilarni tarkibga jalb etish haqida bosh qotirmoqda.

Marko Verratti “Al-Arabi” safida Qatar chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!