"Vest Xem" top murabbiylar bilan muzokara o‘tkazmoqda

"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyesga o‘rinbosar qidirmoqda, deya xabar beradi "The Guardin".

Manbaning yozishicha, "bolg‘achilar" Marko Silva, Xulen Lotepegi, Paulo Fonseka va Xans-Diter Flik nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Londonliklar allaqachon Flik va Lopetegi bilan muzokara olib borgan. Ushbu mutaxassislar bilan shartnoma imzolash osonroq bo‘lishi mumkin, chunki ular hozirda ishsiz.

Moyesning "Vest Xem" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!