Viktor Font Laportaning eng katta xatosini aytdi

"Barselona" prezidentligiga sobiq nomzod Leo Messini ketkazish xatoligi haqida gapirdi. 

Messi 2021 yilda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etib, PSJ safiga borib qo‘shilgandi. "Ko‘k-anorranglilar" uni moliyaviy muammolar tufayli ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan. 

"Bu amaldagi prezidentning xatosi va tarixdagi eng katta xatolardan biri. 

"Umid qilamanki, Leo bir kuni "Barselona"ga qaytadi. Xuddi Pike va Puyol kabi", - dedi Viktor Font "RAC1" nashriga bergan intervyusida. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!