Vinisius: “Real”dan ketishga majburman

  • 16 oktabr, 2023, 09:02
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Vinisius Junior kelajakda qaysi jamoada o‘ynash kerakligini ochiq aytdi.

- O‘zim faoliyatimning oxirigacha “Real”da o‘ynashni istasayman. Lekin “Flamengo” mening hayotim. Men otamga vaqti kelib bu jamoaga qaytishga va’da berganman. Men so‘zimning ustidan chiqishim kerak, - dedi Vinisius Junior.

23 yoshli futbolchi “Real” safida 2018 yildan beri to‘p tepmoqda.

Braziliyalik forvard shu paytga qadar 232 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 62 ta gol urgan va jamoadoshlariga 65 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!