"Vodiy derbisi"ga qancha muxlis muxlis tashrif buyurdi?

O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Andijon" o‘rtasidagi bahsda "lochinlar" g‘alaba qozondi. 

Gollarga Toma Tabatadze,Yovan Jokich va Boshnyak mualliflik qildi.  77-daqiqada "burgutlar" futbolchisi Sardor Azimov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi. Ushbu "vodiy derbisi"ni tomosha qilish uchun Namangandagi "Markaziy"ga  11153 muxlis tashrif buyurdi.

Shu tariqa, namanganliklar o‘z uyida g‘alabani tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!