WBC tashkiloti Tayson Fyuri va Frensis Ngannu jangini qo‘llab quvvatlamoqda

  • 26 iyul, 2023, 16:41
  • 0
  • Boks
Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon og‘ir vaznda chempion Tayson Fyurining  sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu bilan bo‘lajak jangini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tmoqda.
 
WBC yo‘nalishi chempioni Fyuri 28 oktabr kuni Saudiya Arabistonida boks bo‘yicha ko‘rgazmali jangda Ngannuga qarshi bahs olib boradi.
 
Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Fyuri o‘tgan dekabr oyida Derek Chisorani trilogiya jangida muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.
 
Ba’zi kuzatuvchilar Fyurini boksda tajribasi kam yoki umuman bo‘lmagan Ngannuga qarshi jang uchun tanqid qilishsa-da, WBC o‘z yordamini taklif qildi.
 
WBC prezidenti Fyuri Aleksandr Usik, Entoni Joshua va Endi Ruiz bilan jang qilishga uringanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
 
"WBC Tayson Fyurini va uning titulsiz jangda, WBC mahsus oqshomida qatnashish qarorini mutlaqo qo‘llab-quvvatlaydi. U bir necha bor Joshua va Ruiz, kamar egalari (Usik) bilan jang qilishga urindi. Uning majburiy da’vogari yo‘qligini hisobga olsak, WBC qoidalariga ko‘ra ushbu jangda qatnashishi mumkin ", -  dedi Sulaymon Sky Sports nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!