WBC Tayson Fyuri va Dillian Uayt jangiga promouterlik savdosi sanasini e’lon qildi

  • 31 dekabr, 2021, 11:25
  • 0
  • Boks

Superog‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangini da’vogar Dillian Uaytga qarshi o‘tkazishi kerak. Tashkilot mazkur bahsni tashkil etish huquqini qo‘lga kiritish uchun ochiq promouterlik savdosini 11 yanvarda o‘tkazishi belgilangan. Unda eng ko‘p mablag‘ taklif qilgan tomon jang tashkilotchisiga aylanadi. Taklif qilingan miqdorning 80 foiz chempion Fyuriga, 20 foiz Uaytga gonarar sifatida taqsimlanadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!