Xitoylik gigantning navbatdagi nishoni "Lo‘lilar "qiroli"!

  • 25 sentabr, 2023, 13:31
  • 0
  • Boks

Professional boksning og‘ir vazn toifasi vakili xitoylik Chjan Chjileyning (26-1-1,21KO) menejeri Terri Leynning aytishicha, bokschi navbatdagi jangida “Lo‘lilar qiroli” deya ataluvchi Tayson Fyuri 33-0-1,24KO) bilan jang qilmoqchi.

"Keyingi jang uchun bizning asosiy nishonimiz,Tayson Fyuri bo‘ladi. Biz bitta promouter bilan ishlamoqdamiz.Biroq ular hozirda Fyuri va Usik o‘rtasidagi jangni tashkil etishga harakat qilishadi. Agar ular kelisha olishsa, jang amalga oshadi. Biz voqealar rivojini jiddiy ravishda kuzatmoqdamiz.", -dedi menejer.

Eslatib o‘tamiz, Chjiley kuni kecha britan bokschisi Jo Joys (15-2,14KO) bilan revansh jangida ringga ko‘tarildi va 3-raundda nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Jangdan so‘ng, u Tayson Fyurini jangga chorlagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!