Xivada xalqaro etnosport doirasida belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-11 sentyabr kunlari Xiva shahridagi "Ichan qal’a" tarixiy majmuasida ilk bor Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro etnosport festivali doirasida milliy sport turimiz sanalgan belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida beshta vazn toifasida xalqaro turnir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur nufuzli xalqaro turnirda Hindiston, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 10 dan ortiq davlatlarning nomdor polvonlari g‘oliblik ishtirok etishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan turnirda quydagi sprrtchilar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi.
75 kg. 1.Nusrat Yuldoshev (O‘zbekiston), 2. Kazbek ulu Irlan (Qirg‘iziston), 3. Agayusup Garaev (Turkmaniston), 3. Feruzjon Ziyoev (Tojikiston).
82 kg. 1. Og‘abek Amatbaev (O‘zbekiston), 2. Ro‘zimurat Medov (Turkmaniston), 3. Tarlan Agaev (Ozarbayjon), 3. Eldiyar Seksenbaev (Qirg‘iziston).
90 kg. 1. Annagurban Allaberdiev (Turkmaniston), 2. Bekzod Abdurahmonov (O‘zbekiston), 3. Aliaksandr Krulik (Belarus), 3. Netbaxtjon Ziyoev (Tojikiston).
100 kg. 1. Nobatgeldi Nazarov (Turkmaniston), 2. Bulat Musin (Rossiya), 3. Topchubek Alimjan ulu (Qirg‘iziston), 3. Temur Seyduzov (AQSh).
+100 kg. 1. Nursulton Kuzageldi ulu (Qozog‘iston), 2. Raniz Gilyazetdinov (Rossiya), 3. Toshpo‘lat Asadov (O‘zbekiston), 3. Muhammad Mamedzoda (Ozarbayjon).
Turnir yakuniga etgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar jahon belbog‘li kurash konfedratsiyasi tomonidan diplom va medallar mukofotlanishdi. Taqdirlash marosimida jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev ishtirok etdi.
Shuningdek, turnir doirasida Xiva shahridagi "Farovon" nomli mehmonxonaning majlislar zalida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev raisligida navbatdagi kongress ham tashkil etildi. Kongressda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Kongressda jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev Ozarbayjon, Litva, Turkmaniston, Tojikiston,Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Italiya, Ispaniya, Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston, Eron, AQSh, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Gruziya, Isroil, Mongoliya, Estoniya hamda Latviya belbog‘li kurash federatsiyasi rahbarlariga a’zolik sertifikatlari topshirildi.

Kongress so‘nggida Amerika Qo‘shma Shtatlari belbog‘li kurash federatsiyasi vakili, Toshkent-Sietl hamdo‘stlik shaharlari assotsiatsiyasi raisi Lola Zaxarova bilan AQShda belbog‘li kurashni ommalashtirish borasida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev, Osiyo belbog‘li konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.


vamv

arqa

ne

nea

egl

nev_1

shko‘

kurvke_1

kpya

vrchv

erqyan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!