Xivada xalqaro etnosport doirasida belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, ayni paytda Xiva shahridagi "Ichan qal’a" tarixiy majmuasida ilk bor Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro etnosport festivali doirasida milliy sport turimiz sanalgan belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida beshta vazn toifasida xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan shuningdek, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bilan hamkorligdagi mazkur nufuzli xalqaro turnirda Hindiston, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 10 dan ortiq davlatlarning nomdor polvonlari g‘oliblik ishtirok etmoqda.


Turnir doirasida kecha 8 sentyabr kuni Xiva shahridagi "Farovon" nomli mehmonxonaning majlislar zalida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev raisligida navbatdagi kongress ham tashkil etildi. Kongressda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

Shuningdek, kongressda jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev Ozarbayjon, Litva, Turkmaniston, Tojikiston,Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Italiya, Ispaniya, Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston, Eron, AQSh, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Gruziya, Isroil, Mongoliya, Estoniya hamda Latviya belbog‘li kurash federatsiyasi rahbarlariga a’zolik sertifikatlari topshirildi. Kongress so‘nggida Amerika Qo‘shma Shtatlari belbog‘li kurash federatsiyasi vakili, Toshkent-Sietl hamdo‘stlik shaharlari assotsiatsiyasi raisi Lola Zaxarova bilan AQShda belbog‘li kurashni ommalashtirish borasida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev, Osiyo belbog‘li konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirovlar bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Xalqaro turnir 10 sentyabrga qadar davom etadi.

o‘vao

patt

patt_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!