Xorazmlik paralimpiyachilar ham viloyat hokimi tomonidan uy bilan taqdirlanishdi

XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarni o‘z viloyatlarida tantanali kutib olish marosimlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilari va ularning murabbiylari, ota-onalari, sportchi yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

1_4

Viloyat hokimi Farxod Ermanov Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblarini erishgan   ulkan g‘alabalari bilan yana bir bor muborakbod etib, sportchilarning murabbiylari va  ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

XVI Paralimpiya o‘yinlarida bog‘otlik paradzyudochi  Uchqun Quronboev oltin,  shovotlik  Ro‘za Qo‘zieva para pauerlifting bo‘yicha  kumush, bog‘otlik paradzyudochi Nafisa Sharipboeva  bronza medalni qo‘lga kiritdi.

uchqun_1

alfiya

Viloyat hokimi   Paralimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni munosib taqdirladi. Paradzyudochi Uchqun Quronboev va uning murabbiyi Alfiya Ibragimovalarning har biriga ikki xonali, pauerliftingchi Ro‘za Qo‘zieva va paradzyudochi Nafisa Sharipboevalarga esa bir xonali uylar tantanali ravishda topshirildi.

nafisa_1

Sportchi va murabbiylar, ota-onalar so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat uchun minnatdorlik bildirdilar, 2024 yilda Parijda bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlarida bundan ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga va’da berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!