Xushxabar! O‘zbek jamoasi yangi mavsumda “Tour De France”da ishtirok etadi

“Tashkent City Women Professional Cycling Team” ayollar jamoasi kelasi mavsum ushbu sport turidagi eng nufuzli musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Jamoamiz shosse mavsumida “Tour De France”, “Tour De France Femmes Avec Zwift”, “Tour De Lʻavenir”, “Giro dʻitalia”, “Strade Bianche”, “La Vuelta Ciclista A España” turnirlarida qatnashadi. Qayd etish joiz, shosse bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasiga 3 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan. Mazkur musobaqalar jamoamizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ko‘rsatish barobarida sportchilarimiz uchun Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab beradi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!