Yangi chaqiruv: Alaba “Real”da o‘ynab keta oladimi?

Bu yilgi asosiy transferdan biri shu yozda amalga oshiriladiganga o‘xshaydi. Aniqrog‘i, yozda “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanadigan va erkin agentga aylanadigan David Alaba mavsumlar oralig‘ida "Real"ga o‘tishi haqida juda ko‘p gapirilmoqda. Biz esa 28 yoshli avstriyalik futbolchining "Qirollik klubi" tarkibidagi kelajagi borasida biroz mulohaza yuritishga harakat qilamiz.

Segodnya David Alaba ob’yavit ob uxode iz «Bavarii» - Chempionat

Alaba "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida ma’lumot paydo bo‘lganida, ko‘plab ommaviy axborot vositalari darhol futbolchini "Real"ga o‘tishi haqida gapira boshladi. Ha, ispan grandi bilan birga "Chelsi", PSJ, "Yuventus" va "Barselona" kabi klublarning nomlari ham matbuotda da’vogarlar qatorida e’tirof etildi, ammo ularning qiziqishi u qadar jiddiy emasdi. Yakunda barcha mish-mishlar haqiqat bo‘lib chiqdi - eng nufuzli transfer insayderlaridan biri Fabritsio Romano barcha taxminlarni tasdiqladi va Alabaning tez orada "Qirollik klubi" futbolchisiga aylanishini aytdi.

Shunisi e’tiborliki, avstriyalik futbolchi yangi jamoaga o‘tsa ham, uning maoshi o‘zgarishsiz qoladi. U hozir “Bavariya”dan har mavsum uchun 12 million evro oladi. Shu sababli, Alabaning "Bavariya"dan ketishi maosh bilan bog‘liq emas. Bu shuni anglatadiki, u haqiqatan ham o‘zini yangi chempionatda, yangi jamoada sinab ko‘rishni xohlaydi. Ammo bunday tanlov qanday yakun topishi mumkin? Keling, Alabaning Madridda qaysi pozitsiyalarda o‘ynashi mumkinligi va Zidan futbolchidan qaerda maksimal samaradorlikda foydalanmoqchiligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz.

Alaba v yanvare nachnet peregovory s Chelsi — football.ua

Markaziy yarim himoya

Ehtimol, Alaba "Bavariya"da aynan shu pozitsiyada o‘ynashni ko‘proq xohlagan bo‘lishi mumkin. Balki uning "Bavariya"dan ketishiga shu ham sabab bo‘lgandir. Boisi, bosh murabbiy Flik Davidning maydon markazida o‘ynash istagini qondira olmagan. "Real"ga kelsak, Alaba madridliklarning yarim himoyasida o‘z o‘rnini egallashi va asosiy futbolchiga aylanishi deyarli imkonsiz. Sababi oddiy – raqobat kuchli. "Real"da bu pozitsiyada kadrlar borasida muammo yo‘q. Kroos, Modrich, Kazemiro va Valverde jamoada asosiy tarkib uchun juda kuchli raqobat paydo qilgan. Nima deb o‘ylaysiz, Alaba ulardan qay bir jihatdan ustunroq? Ha, aytgancha, Iskoni ham yodingizdan chiqarmang. Agar ba’zi asosiy futbolchilar yozgi transfer oynasida "Real" safini tark etmasa yoki ushbu pozitsiyadagi bir qator o‘yinchilar  jarohat olmasa, Alabaning yangi mavsumda maydon markazida paydo bo‘lish ehtimoli juda kam. David xohlagan pozitsiya, ya’ni himoyaviy yarim himoyachi - "Real"da mutlaqo o‘zgarmas bo‘lib tuyuladi. Yaqin kelajakda Kazemironi hech kim o‘rnini bosa olmasligi ehtimoldan yiroq emas va braziliyalik futbolchi ham o‘zi uchun qulay joydan hech qayoqqa ketmoqchi emas.

Lider David Alaba pobil avstriyskiy rekord

Chap qanot himoyachisi

Alabani chap qanot himoyasida ko‘rish ehtimoli ancha yuqori. Ushbu pozitsiyada uzoq yillardan buyon tinimsiz to‘p surib kelayotgan Marseloning yoshi o‘tib bormoqda va bu so‘nggi o‘yinlarda juda aniq ko‘rinib turibdi. "Chelsi"ga qarshi o‘yinda braziliyalik futbolchi tezkor raqiblariga etarli qarshilik ko‘rsata olmadi va bu "Real" himoyasida katta muammoga aylandi. Afsuski, tan olish kerak, Marselo endi avvalgi saviyasini namoyish etolmayapti. Shu sababli, Ferlan Mendi yo‘qligida "qaymoqranglilar" himoyadagi omadsizlikni his qila boshlaydilar. Ushbu pozitsiya Alabaga mos tushadi, shuning uchun uning bu chiziqda o‘ynab ketishi haqiqatga yaqinroq. Ammo u chap qanot himoyasida birinchi raqamli o‘yinchiga aylana oladimi? Yoki u shunchaki, Marseloning o‘rnini bosadimi? Bu savol juda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mendi allaqachon asosiy tarkibda o‘ziga ishongan o‘yinchiga aylanib ulgurgan va o‘yindan-o‘yinga o‘smoqda, shu sababli, Alaba “Real”ning bu pozitsiyada ham asosiy tarkibga kirishi oson bo‘lmaydi.

David Alaba blizok k zaklyucheniyu kontrakta s «Realom» - Chempionat

Markaziy himoya

Mana shu variant Alaba uchun eng maqbul va istiqbolli ko‘rinadi. U bu pozitsiyada yomon o‘ynamaydi. U buni so‘nggi ikki mavsumda "Bavariya"da isbotladi. Shuningdek, "Real"ning hozirgi asosiy markaziy himoyachilarining kelajak taqdiri so‘roq ostida turibdi. So‘nggi paytlarda Rafael Varanning ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Uni "Manchester Yunayted" o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" sardori Serxio Ramos hali klub bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q. Ehtimol, "Real" rahbariyati bu futbolchilarning kelajagi haqida allaqachon bilishar va shuning uchun bor e’tiborlarini David Alabaga qaratishgan. Avstriyalik futbolchi esa zaxiradagi markaziy himoyachilar - Nacho va Militaodan kuchliroq ekanligiga hatto shubha ham qilmasa bo‘ladi.

Yuqoridagi fikrlar shunchaki taxminlar xolos. Alabaning “Real”dagi taqdiri borasida yana bir mavsumdan so‘ng aniq fikr bildirish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!