Yangi mavsumda Angliyaning nechta klubi EChLda ishtirok etadi?

  • 24 may, 2021, 23:43
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" APLda g‘alaba qozonganidan keyin avtomatik tarzda Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ammo "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida muvaffaqiyat qozongan taqdirda, Premer-liganing beshinchi jamoasi 2020/21 kelasi yil asosiy evrokubokda ishtirok etishi mumkin edi. Ammo nega ingliz klublari joriy mavsum UEFAdan qo‘shimcha kvota ololmaydi? Hozir shu masalada tushuncha berishga harakat qilamiz.

29 may kuni “Manchester Siti” va “Chelsi” EChL finalida o‘zaro maydonga tushadi. Aytish kerakki, bu Chempionlar ligasida so‘nggi 3 yil ichidagi ikkinchi inglizcha final bo‘ladi. Boisi, 2019 yilda ushbu musobaqaning hal qiluvchi bahsida “Liverpul” va “Tottenxem” jamoalari o‘zaro maydonga tushgan edi.

Chelsi – Manchester Siti: Prognoz i anons matcha ⋉ 17 aprelya 2021 ⋊ Kubok  Anglii na UA-Futbol ᐉ UA-Futbol

“Manchester Siti” joriy mavsum APLda g‘olib bo‘ldi va bu ishni so‘nggi 4 yil ichida 3-marta amalga oshirdi. Xosep Gvardiola jamoasi allaqachon Chempionlar ligasining kelasi mavsumi uchun yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygan, ammo EChLdagi g‘alaba ham ushbu musobaqaning yangi mavsumi uchun yo‘llanma taqdim etishini unutib bo‘lmaydi.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, Chempionlar ligasi finaliga chiqqan “Manchester Siti” ham, “Chelsi” ham, Evropa ligasi finalida ishtirok etadigan “Manchester Yunayted” ham APLda mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlagan bo‘lsa va o‘zlari uchun EChL yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda ularning g‘olibligi uchun beriladigan yo‘llanma premer-liganing qaysi jamoasiga beriladi?

MYu» i «Vilyarreal» pobedili «Romu» i «Arsenal» v pervyx matchax 1/2 finala  Ligi Evropy - Eurosport

Javob – yo‘q! Chunki “Siti” yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, “Chelsi” mavsumni 4-o‘rinda yakunladi va “aristokratlar” EChL guruh bosqichiga pley-off orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritishlari mumkin. Tomas Tuxel shogirdlari nazariy jihatdan 100 foiz EChL yo‘llanmasini naqd qilib ulgurmagan.

Xuddi shunday vaziyat roppa-rosa 9 yil muqaddam sodir bo‘lgan. 2011/12 yilgi mavsumda “Chelsi” premer-ligada mavsumni 6-o‘rinda yakunlagan. Biroq London klubi bosh murabbiyni o‘z vaqtida almashtirish natijasida, Roberto di Matteo qo‘l ostida o‘z tarixida yagona bo‘lib turgan EChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan Xarri Rednapp boshchiligidagi “Tottenxem” o‘zining EChLdagi o‘rnini “aristokratlar”ga bo‘shatib bergan.

E’tiborlisi, Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan jamoaga yangi mavsumda ishtirok etish huquqini berish qoidasi ham aynan ingliz jamoalari tufayli qabul qilingan. 2005 yilda “Liverpul” “Milan”ga qarshi o‘tgan Istanbuldagi finalda dahshatli kambekni amalga oshirgan va musobaqa g‘olibiga aylangan. Ammo mersisaydliklar o‘sha mavsum APLda 5-o‘rinni egallashgan va EChL yo‘llanmasidan quruq qolishgan.

Final LCh 2005 Liverpul – Milan: Kak sluchilos Stambulskoe chudo

Keyin UEFA maxsus ruxsatnoma bilan “Liverpul”ni Chempionlar ligasining 2005/06 yilgi mavsumiga qo‘ydi. Biroq “Liverpul” musobaqani eng birinchi saralash bosqichidan boshladi. Mersisaydliklar uchun evrokuboklardagi mavsum iyul oyidan boshlandi. Ular dastlab Uelsning TNS hamda Litvaning “Kaunas” klubi to‘sig‘idan o‘tishadi. Nihoyat 3-saralash raundida Bolgariyaning TsSKA klubini mag‘lubiyatga uchratib, guruh bosqichi yo‘llanmasi qo‘lga kiritishadi va EChLdagi 5-ingliz klubiga aylanishadi. Lekin o‘sha mavsum 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Everton” saralash bosqichida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bergan va natijada baribir guruh bosqichida Angliyadan 4 ta klub ishtirok etgan.

UEFA qoidasiga ko‘ra, EChL yoki Evropa ligasida g‘olib bo‘lgan jamoa o‘z milliy chempionatida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinni egallay olmagan taqdirdagina, ularga istisno tariqasida EChLda ishtirok etish huquqi beriladi.

Biroq endi vaziyat boshqacha. Chempionlar ligasi finalida ishtirok etadigan ikkala jamoa ham, Evropa ligasi g‘olibligi ostonasida turgan “Manchester Yunayted” ham allaqachon mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlab bo‘ldi. Shu sababli ularning evrokuboklardagi g‘alabasi ham APLda 5-o‘rinni egallagan “Lester”ning Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lishiga yordam bermaydi. “Tulkilar” bu mavsum Evropa ligasida o‘z omadlarini sinab ko‘rishga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!