Yaponiya - O‘zbekiston: Sharhlovchilar tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi
Birozdan so‘ng start oladigan Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi final uchrashuvi "Sport" telekanalida namoyish qilinishidan xabaringiz bor. Ushbu bahsni Murod Rizaev va Hasan Turdialievlar sharhlashi kerak edi, lekin tarkibda o‘zgarish sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Hasan Turdialiev o‘rniga Davron Fayziev sharhda ishlaydigan bo‘ldi. O‘yin esa 20:20'dan boshlab translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya bilan bundan ikki yil oldin O‘zbekiston mezbonlik qilgan Osiyo kubogi yarim finalida to‘qnash kelganmiz. O‘shanda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olgandi.
Fikrlar