Yarim bo‘sh stadionlar, niqoblar va sportchilar uchun kundalik Covid tekshiruvlari: Tokio Olimpiadasi qanday o‘tkaziladi?

Pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan Tokio Olimpiadasini bevosita sport inshootlaridan turib 10 mingtagacha muxlis tomosha qilishi mumkin, deya xabar bermoqda tashkilotchilar. Biroq, Yaponiya hukumati koronavirus xavfi paydo bo‘lgan taqdirda, o‘yinlar hatto tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkinligini inkor qilmayapti.

Tribunalardagi tomoshabinlar umumiy sig‘imning yarmidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Musobaqalarni faqatgina Yaponiya fuqarolari jonli ravishda tomosha qilishlari mumkin, chet ellik muxlislar Olimpiadaga qo‘yilmaydi.

Vid na Olimpiyskuyu derevnyu, Tokio

Tashkiliy qo‘mita bunday cheklovlarni koronavirus pandemiyasini oldini olish uchun shart, deb hisobladi. Avvalroq, Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga Covid-19 xavotiri tufayli poytaxtda favqulodda holat joriy etilsa, Olimpiya o‘yinlarini muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi.

"Tokio-2020" o‘yinlarini keyinga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldin Olimpiya o‘yinlari uchun deyarli 4,5 million, Paralimpiya o‘yinlariga esa millionga yaqin chipta sotilgan edi. Dekabr oyida tashkilotchilar chiptalarning ma’lum qismi qaytarib olinishini e’lon qildi, ammo bu holatda ham qolgan chiptalar soni stadionda ruxsat etilgan o‘rindiqlarga qaraganda ancha ko‘pni tashkil etadi. Shu sababli, tashkiliy qo‘mita o‘yinlarga tashrif buyurish huquqi uchun lotereya o‘tkazilishini istisno etmayapti.

Tablichka na stene zdaniya v Olimpiyskoy derevne

Tashkilotchilar sportchilar va muxlislar uchun xavfsiz muhitni ta’minlaydigan qat’iy qoidalarni joriy etishga va’da bermoqda. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning aytishicha, Olimpiya shaharchasi aholisining 80 foizidan ko‘prog‘i emlanadi. Sportchilarga muxlislar bilan aloqada bo‘lish taqiqlanadi. Agar ular qoidalarni buzsa, shu jumladan, kunlik koronavirus tekshiruvidan o‘tmasa va niqob taqib yurishga amal qilmasa, musobaqalardan diskvalifikatsiya qilinadi.

Biroq, hamma ham tashkilotchilarning optimistik qarashlariga qo‘shilmayapti. Boisi, avvalroq Yaponiyaning sog‘liqni saqlash sohasidagi yuqori darajadagi rasmiylari tomoshabinlarga to‘liq taqiq qo‘yish o‘yinlar uchun eng maqbul echim bo‘lishini aytishgan edi.

Na Olimpiadu v Tokio otpravyatsya 350 rossiyskix sportsmenov | Novosti |  Izvestiya | 15.05.2021

Yaponiyaning ko‘plab aholisi hali ham Olimpiya o‘yinlariga shubha bilan qaramoqda: Asahi News Network tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning taxminan 65 foizi ushbu tadbirni boshqa kunga qoldirishni yoki uning to‘liq bekor qilinishini yoqlagan. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 70 foizga yaqini o‘yinlar tashkilotchilar aytgan xavfsizlik talablariga javob bermasligini aytgan.

O‘tgan oy Yaponiya bosh vaziri Tokio va yana sakkizta prefekturadagi koronavirus holatlari bilan bog‘liq vaziyat izga tusha boshlagani uchun ushbu hududlarda favqulodda holatni bekor qilgan edi. Ammo vaziyat istalgan paytda o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Unda taxminan 205 ta davlatdan 12 500 nafar atlet g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Yaponiya Olimpiada mezbonligi uchun Ispaniya va Turkiya bilan raqobatda g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/07/2021 01:57
ДУНЁНИ ОСТИН УСТИН ҚИЛДИКУ БУ КОРОНАВИРУС. БАЛОСИ ЭССИЗ УНДАН ОЛДИНГИ ҲАЁТ ТАРЗИ ҚАНДАЙ ЯҲШИ ЭДИ-Я