Yomon xulqi bilan mashhur bokschi ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 27 oktabr, 2019, 14:29
  • 0
  • Boks

Londonda "O2 Arena" da professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jang kechasida og‘ir vazndagi sobiq jahon chempioni Derek Chisora hamda Devid Prays to‘qnash kelishdi.

To‘rtinchi raundda Devid nokdaunga uchradi. U jangni davom ettirishga tayyorligini ko‘rsatsada, murabbiylari ringga oq sochiqni tashlashdi.

 Mazkur muvaffaqiyat Chisora uchun ketma-ket uchinchisi bo‘ldi. Derek navbatdagi jangini WBO interkontinental kamari uchun o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!