Yozda erkin agentga aylanadigan 10 yulduz. Ular orasida Mbappe bor

Yanvar oyi boshlanishi bilan Evropada qishki transferlar oynasi ochildi. Ekspertlar yarim yildan so‘ng erkin agentga aylanadigan mashhur futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, ular yanvar oyida o‘zlariga qiziqish bildirgan har qanday klub bilan rasman muzokara olib borish va dastlabki kelishuvni imzolash huquqiga ega.

Yozda erkin agentga aylanadigan eng mashhur futbolchi Kilian Mbappedir. Uning transfer narxi 180 million evroni tashkil qiladi.

Shuningdek, Adrien Rabo (“Yuventus”), Petr Zelinski (“Napoli”), Mario Ermoso (“Atletiko” Madrid), Gvido Rodriges (“Betis”), Aaron Van-Bissaka (“Manchester Yunayted”),  Antoni Marsyal (“Manchester Yunayted”), Daichi Kamada (“Latsio”), Uilfred Ndidi (“Lester”), Lloyd Kelli (“Bornmut”) kabi nomdor o‘yinchilar ham faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!