Zidan nega aynan "Yuventus"ni boshqarishi kerak?

  • 22 may, 2021, 16:26
  • 0
  • Futbol

Zinedin Zidan yozda “Real”dan ketmoqchi. Agar shunday bo‘lsa, u “Yuventus”ni boshqarishi mumkin. Bu o‘z navbatida, Turin klubi uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Keling, "Nega “Yuventus”ni aynan Zidan boshqarishi kerak?", degan savolga javob izlab ko‘ramiz.

“Real” Zidanni saqlab qolishga harakat qilishi kerak, ammo frantsiyalik mutaxassisning o‘zi Madriddan ketish haqida o‘ylamoqda. Agar hammasi shunday kechsa, “Yuventus” Zidan uchun asosiy da’vogarga aylanadi. “Keksa sinora”ga yangi murabbiy kerak. Muvaffaqiyatsiz o‘tgan mavsumdan so‘ng, Andrea Pirlo iste’foga chiqariladi. Yosh murabbiy o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi va uning Turinda qolishiga hech qanday sabab yo‘q.

5 let v «Yuventuse» – glavnyy otrezok v karere Zidana. Blagodarya Serii A  frantsuz stal velikim - Eurosport

Zidan ham Pirlo kabi “Yuventus”ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. Biroq Zinedin Andreadan farqli o‘laroq, murabbiylik bobida ulkan tajriba to‘plab ulgurgan. “Keksa sinora” rahbariyati Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlamoqda. Zidan esa bu musobaqada g‘olib chiqishga usta. Uning qo‘l ostida  "Real" Evropaning eng zo‘r tarkibi bo‘lmagan paytda ham EChLda g‘olib chiqa olgan. Boisi u resurslarni to‘g‘ri taqsimlay olgan.

Zidan Italiya futboliga juda ham mos keladi. A Seriya bu ko‘p narsa taktikaga bog‘liq bo‘lgan chempionat. U bu borada o‘zining ajoyib mutaxassis ekanini bir necha bor isbotlagan. Uning “Real”i o‘zining yorqin sifatlariga ega emas, biroq raqibning zaif tomonidan ustalik bilan foydalana oladi.

Ehtimol, bugungi kunda "Yuventus"ga Zidandan ko‘ra mosroq murabbiyni topish qiyin bo‘lishi mumkin. Zidanning ko‘rsatadigan natijasi sarflanadigan pullarga bog‘liq emas. Garchi bu “Yuventus” uchun muammo bo‘lmasada, lekin moliyaviy inqiroz paytida muhim ahamiyatga ega.

Zidan uxodit iz "Reala". Zayavlenie trenera. Onlayn. Sport-Ekspress

Italiya nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda, “Yuventus” prezidenti Andrea Anellining shaxsan o‘zi Zidanni Turinda ko‘rishni xohlamoqda. Superliga bilan bog‘liq janjaldan so‘ng, "Yuventus" rahbarining mavqei tushib ketdi. Zidanning kelishi - bu Anellini o‘z lavozimida qolishiga qo‘yiladigan muhim qadam bo‘ladi. Shu sababli, Zidanning "Yuventus"ga kelishi haqiqatga ancha yaqin. Lekin buning uchun “Real” frantsuz mutaxassisini qo‘yib yuborishi kerak.

Tasavvur qiling, agar Zidan ilgari futbolchi sifatida o‘ynagan ikki klubini Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantira olsa, bu naqadar tarixiy voqea bo‘lishi mumkin!

Zidan: ot Turina do Madrida. Sport-Ekspress

Zidan “Yuventus” safida 1996-2001 yillarda to‘p surgan. U turinliklar libosida jami 151 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shundan keyin, 2001 yilda rekord mablag‘ evaziga “Yuventus”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan. O‘shanda madridliklar Zidanning transferi uchun naqd 75 mln evro to‘lagan. Bu esa o‘sha davrdagi rekord hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!